"JCh-2026" saralashi. Hindiston ochko yo‘qotdi, Suriya esa mag‘lubiyatga uchradi

  • 06.06.2024 21:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Jahon chempionati - 2026" saralash bosqichidan o‘rin olgan Hindiston - Quvayt (0:0) va Shimoliy Koreya - Suriya (1:0) o‘yinlari yakuniga etdi.

Unga ko‘ra, Hindiston o‘z uyida Quvayt bilan nursiz durang qayd etgan bo‘lsa, Suriya mehmonda Shimoliy Koreyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Hindiston "A" guruhida 5 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni qayd etmoqda. Quvayt esa to‘rt ochko bilan so‘nggi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

"B" guruhida kurash olib borayotgan Suriya termasi mag‘lubiyatdan keyin ham egallab turgan ikkinchi pog‘onasini yo‘qotmadi. Ularda ayni vaqtda etti ochko bor. 

Shmioliy Koreya esa g‘alabadan keyin ochkolarini 6 taga etkazib oldi va uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!