"JCh-2026" saralashi. Qirg‘iziston o‘z uyida durang o‘ynadi, Kojo esa...

  • 06.06.2024 22:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Jahon chempionati - 2026" saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘izsiton hamda Malayziya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. O‘yin 1:1 hisobida tugadi. Uchrashuvda hisobni 24-daqiqada Guljigit Aluqulov ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Odiljon Abdurahmonov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 

Mezbonlar safida Samarqandning "Dinamo" klubi hujumchisi Joel Kojo 90 daqiqa harakat qildi va golga assist amalga oshirdi.

Shu tariqa, Qirg‘ziston terma jamoasi "D" guruhida o‘n ochko jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda. Malayziya esa etti ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!