"JCh-2026"ga bormaydigan eng qimmat futbolchilar ma'lum qilindi

  • 29.03.2026 00:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Transfermarkt mutaxassislari ajoyib reyting tuzishdi. Unga ko‘ra, kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida aniq ishtirok etmaydigan eng qimmat futbolchilar ro‘yxati shakllantirildi.

Shu bilan birga, saralash pley-off bosqichida ishtirok etayotgan jamoalar futbolchilari hali bu ro‘yxatga kiritilmagan.Reytingda birinchi o‘rinni "Liverpul" va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai egalladi. Uning transfer qiymati 100 million yevroni tashkil etmoqda.

Ikkinchi o‘rinda PSJ va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya (90 mln yevro) joy olgan. Uchinchi o‘rinni esa Brayan Mbeumo (80 mln yevro) band etgan. "Top-5"dan yana Viktor Osimxen (75 mln yevro) va Benyamin Sheshko (65 mln yevro) ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!