JCh saralashi. Ummon safarda Vetnamni taslim etdi

JCh-2022 Osiyo mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Vetnam - Ummon uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda yagona golni Xalid al-Xajri o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, muxlislar bu o‘yinda boshqa gol ko‘rmadi. 

Mazkur natijadan so‘ng Ummonning ochkolari soni 11 taga etdi. Jamoa ayni damda jadvalning 4-pog‘onasidan joy olgan.

Vetnam hisobida 3 ochko mavjud bo‘lib, jamoa oxirgi o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!