Jek Grilish: Mundialda shu ikki futbolchidan hayratlandim

  • 29 noyabr, 2022, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish Qatardagi jahon chempionatida ikki futbolchining o‘yini o‘zida katta taassurot qoldirganini bildirdi.

Tecno

- To‘g‘risini aytsam, men jahon chempionatining hamma uchrashuvini ko‘rib boryapman. Har bir joyda monitorlar qo‘yilgan va o‘yinlar namoyish qilinyapti. Kun bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish rohat ekan.

Men Lionel Messini kuzatdim. Shunchaki, hayratda qoldim. Meksikaga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida nimalarga qodirligini ko‘rsatdi. Shuningdek, Kilian Mbappe ham o‘z imkoniyatlarini namoyish qilmoqda, - dedi Jek Grilish.

Messi o‘zi ishtirok etgan musobaqalarda faqat jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kirita olmagan. Mbappe bo‘lsa, yosh ekaniga qaramay, amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!