
"Jenoa" - "Benevento" uchrashuvi qahramoni "Inter"ni chempionlik bilan tabrikladi
"Jenoa" klubi hujumchisi Goran Pandev "Benevento"ga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlarga qisqa flesh-intervyu berdi. Ushbu bahsda dubl muallifi bo‘lib, genuyaliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qolgan makedoniyalik futbolchi sobiq klubi "Inter"ni chempionlik bilan tabrikladi:
"O‘ylaymanki, joriy mavsum Skudettoni yutish uchun eng qulay imkoniyat mavjud. Men hamon "Inter"ni diqqat bilan kuzataman va ularni qo‘llab-quvvatlayman.
Men "Inter" bosh murabbiyini uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, "Juzeppe Meatstsa"ga kubokni olib kelayotgani bilan tabriklayman", - dedi Goran Pandev.
37 yoshli futbolchi "Inter" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "neradzurrilar" tarkibida 2001-2002 va 2010-2011 yilgi mavsumlar davomida harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" hozircha rasman chempionlikni qo‘lga kiritmagan. Turnir yakunlanishiga 6 ta tur qolgan paytda, milanliklarning eng yaqin ta’qibchi bilan o‘rtadagi farqi 10 ochkoni tashkil etmoqda.
Fikrlar