"Jenoa" bosh murabbiyi jamoaning holati, mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi

  • 1 dekabr, 2020, 14:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati 9-turida "Jenoa" "Parma"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa ustozi Rolando Maran mag‘lubiyat sabablari va keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Klub prezidenti va direktori bilan hozirgi vaziyatimizni muhokama qildik. Ortiqcha gap so‘zga hojat yo‘q. Oldinda bizni muhim hafta kutib turibdi.

Genuyaliklar 26 noyabr kuni Italiya Kubogi doirasida "Sampdoriya" bilan bahs olib bordi va 3:1 hisosibda g‘alaba qozondi. Murabbiyning fikricha, taqvim tig‘izligi klubning o‘yinlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yigitlar maydonda borini berishdi. Ular o‘yinni charchoq bilan boshlashdi. "Fiorentina" bilan o‘yingacha tiklanib ulgurishimiz kerak.

Biz nima sababdan bu ahvolga tushganimizni hamma tushunib turibdi. Ammo yo‘qotadigan narsamiz qolmadi. Barchasini o‘zgartirishga urinib ko‘ramiz", - deydi Maran.

Italiya A Seriyasi 9-turidan so‘ng genuyaliklar 5 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!