
“Jenoa” kutilmagan muammoga duch keldi
Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” stadionsiz qolishi mumkin. Bu klub Genuya shahrining yana bir jamoasi – “Sampdoriya” bilan birga uy uchrashuvlarini “Luiji Ferraris” arenasida o‘tkazadi.
Har ikki klub uchrashuvlar uchun bu stadionni shahar meriyasidan ijaraga olar edi. Ma’lum bo‘lishicha, “Jenoa” ham, “Sampdoriya” ham ancha vaqtdan beri ijara pullarini to‘lamay kelmoqda. Hozircha, klublarning shahar meriyasi oldidagi qarz 1,6 million evrodan oshdi.
Agar har ikki klub qisqa muddatda qarzini uzmasa, yangi mavsumda ular uy uchrashuvlarini o‘tkazish uchun boshqa arena topishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar