"Jenoa"ning "Roma"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)
"Jenoa" Italiya A Seriyasi 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Roma" bilan kuch sinashadi. Bellashuv genuyaliklarning uy stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mezbonlar ustozi Rolando Maran rimliklarga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. O‘yinga 24 futbolchi jalb qilindi. Ammo hamyurtimiz Eldor Shomurodov ro‘yxatda emas. Avvalroq, uning jarohat olgani xabar berilgandi.
Eldor Shomurodov jamoasi jiddiy sinov qarshisida. Bu tur "Jenoa" yana bir kuchli raqib bilan o‘ynaydi
Rimliklar ayni paytda turnir jadvalida 11 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov jamoasi esa 5 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan.



Fikrlar