
Eldor Shomurodov jamoasi jiddiy sinov qarshisida. Bu tur "Jenoa" yana bir kuchli raqib bilan o‘ynaydi
8 noyabr kuni Italiya A Seriyasi 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Jenoa" ishtirokidagi bahsdir.
Shu kuni genuyaliklar o‘z uyida "Roma"ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Rimliklar ayni payt turnir jadvalida 11 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov jamoasi esa 5 ochko jamg‘argan holda 17-pog‘onani band etgan.
Bu bellashuv ikki jamoa uchun muhim hisoblanadi. Chunki "Roma" g‘alaba qozonsa, ancha yuqorilaydi. "Jenoa" esa ahvolini biroz bo‘lsa ham yaxshilashi mumkin. Shu bois uchrashuv ancha qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar