Jerrad Saudiya klubidan bo‘lgan taklifni qabul qilmadi
Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi.
Avvalroq, "Aston Villa" sobiq murabbiyi "Al-Ittifoq" jamoasining taklifini qabul qilgani xaqida xabarlar tarqalgandi.
"Meni muzokara o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga chaqirishdi va bordim. So‘nggi ikki kunda yaxshilab o‘ylab chiqdim. Ammo hozircha bu taklifni qabul qila olmayman", - dedi Jerrad.
Ma’lumot uchun, "Al-Ittifoq" Saudiya Arabistonining yakunlan mavsumida 7-o‘rinni egallagandi.



Fikrlar