Jerrard ayni damda dunyoning eng kuchli jamoasi qaysiligini aytdi

  • 9 may, 2022, 20:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan "Liverpul" haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu yuqori darajadagi jamoa. Balki ayni damda dunyoning eng yaxshi jamoasi hamdir. Biz oldimizda turgan qiyinchilikni yaxshi tushunamiz. Men "Liverpul" menejeri va uning murabbiylar shtabini qanchalik hurmat qilishimni bir necha bor aytganman.

Bizni qanday sinov kutayotganini tushunamiz va biz buni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi angliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” APLning navbatdagi turida aynan “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi. Birmingemdagi uchrashuv 10 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!