
Jerrard: "Enrike Anchelotti, Mourino va Gvardiola darajasidagi murabbiy"
Angliya terma jamoasi va "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard Luis Enrikeni dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb atadi. Uning fikricha ispaniyalik mutaxassis Anchelotti, Mourino va Gvardiola kabi murabbiylar qatorida turishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Enrike boshchiligidagi PSJ Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni 5:0 hisobida engdi.
"Enrikeni Anchelotti, Mourino va Gvardiola qatorida tilga olishga loyiq. So‘ngi bir-necha yil davomida, u tomonidan shakllantirilgan jamoa turli xil uslublarda o‘ynay oladi. Ushbu iqtidorli tarkibda o‘ziga xos futbolchilar bor. Shu jumladan, ularni boshqarayotgan inson ham," — dedi sobiq "Liverpul" sobiq futbolchisi TNT Sport efirida.
Fikrlar