
Jerrard: Klopp murabbiy bo‘lishimda katta yordam berdi
Stiven Jerrard “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan ishlash jarayonida juda ko‘p tajriba to‘plagani haqida gapirdi.
“Yurgen Klopp futbolni juda yaxshi tushunadi. Yoshlar jamoasida ishlaganimda u menga aql bovar qilmaydigan darajada yordam berdi. Undan juda qimmatli maslahatlar oldim. U bilan ishlash menga murabbiylik kasbini egallashimda yordam berdi”, - dedi Jerrard Liverpool Echo nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, afsonaviy futbolchi professional faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, "Liverpul"ning yoshlar akademiyasida murabbiylik qildi, shundan so‘ng u Shotlandiya grandi - “Reynjers” jamoasini bosh murabbiyi sifatida muvaffaqiyatga erishdi. 2021-2022 yillarda Jerrard "Aston Villa"ni boshqardi. Ayni damda 42 yoshli mutaxassis ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar