
Jerrard: Xenderson finalda asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak
"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard bugun bo‘lib o‘tadigan "Tottenxem"ga qarshi final bahsida mersisaydliklar xavbeki Jordan Xenderson asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak deb hisoblaydi.
“Xenderson ilk daqiqalardanoq maydonga tushishi kerakligiga ishonaman. Bu futbolchi meni ko‘p vaqtlardan buyon hayratlantirib keladi. U har doim jamoa uchun mehnat qiladi va uni o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Jordan so‘nggi yillarda juda katta o‘sishga erishdi va u hozir o‘z zimmasiga yanada ko‘proq vazifalarni olishi mumkin”, - deydi Jerrard.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" – "Liverpul" bahsi bugun Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar