 
                Jervonta Devis va Jeyk Pol jang oldidan 2 million dollar tikishdi
Bloger va bokschi Jeyk Pol hamda jahon chempioni Jervonta "Tank" Devis kelayotgan jang natijasiga katta shart qo‘yishdi. "Netflix Sports" xabar berishicha, mag‘lub bo‘lgan bokschi g‘olibga 2 million dollar to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
Pol va Devis o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 14 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, WBA yaqinda Jeykni birinchi og‘ir vaznda dunyo reytingining 14-o‘rniga kiritgan. U iyunda Xulio Sezar Chavesni mag‘lub etgandi. Devis esa so‘nggi jangda Lamont Rouchga qarshi ringga chiqib, durang qayd etgan.



Fikrlar