Jeyk Pol: "Dana Uayt avval sizni ko‘taradi, keyin esa yo‘q qiladi"

  • 19 noyabr, 2024, 16:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mashhur boks blogeri Jeyk Pol UFC bosh direktori Dana Uaytni tanqid qildi.

Tecno

"Dana Uayt butun faoliyati davomida boks promouteri bo‘lgan. Ba’zi aqldan ozgan muxlislar bu masalani o‘rganishlari kerak. Uning teleko‘rsatuvi muvaffaqiyatsizliikka uchragan. U reklama qilayotgan Konor Makgregorning jangi uchun to‘rt ming ham chipta sotilmadi. Bu Konor uchun sharmandalik. Shu bois UFC prezidenti haqida fikrlarim ijobiy emas. Dana birinchi bo‘lib sizni ko‘taradi va keyin yo‘q qiladi", - dedi  mashhur bloger.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni Jeyk Pol ochkolar bo‘yicha Mayk Taysonni mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!