Jeyk Pol Pereyraning "kalla"sini olmoqchi
Mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Aleks Pereyraga qarshi jang o‘tkazish istagi haqida yana bir bor gapirdi.
"Men bu sportni yaxshi ko‘raman va hamma bilan jang qilishga tayyorman. Aleks boksda o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekanini aytdi va biz u bilan video orqali bog‘landik. Men undan: "UFC dagi shartnomangni chetlab o‘ta olasanmi?", deb so‘radim. Ammo Pereyra birdan jim bo‘lib qoldi va menejeriga qaradi...Bu yigitda o‘ziga ishonchi katta emas. Dana Uayt unga uruxsat beradimi, bilmayman. Ammo bu jang tashkil qilinsa, qirol – Aleks Pereyrani boshini kesib, taxtdan tushiraman", – dedi Jeyk Pol.

Fikrlar