Jeyk Pol yana bir super bokschi bilan jang qilmoqchi

  • 13.11.2024 16:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol boks yulduzlaridan biri Saul Alvaresga qarshi jang o‘tkazmoqchiligini aytdi.

"Taysondan keyingi raqib kim? Bu Kanelo. Chunki men - boksning yuzi, eng katta jozibasi ekanligimni isbotlamoqchiman. Alvaresni mag‘lub etib, butun dunyoni hayratda qoldiraman”, - dedi Pol Shon O'Mellining podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol (10-1, 7 KO) va Mayk Tayson (50-6, 44 KO) o‘rtasidagi bahs 16 noyabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!