Jezusning agenti uning "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

  • 26 mart, 2020, 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” forvardi Gabriel Jezusning agenti Jovanni Branchini mijozining “Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Gap ajoyib futbolchi hamda ajoyib jamoa haqida ketmoqda va bu erda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Transferlarning kamligi bozorda qiyinchiliklar tug‘diradi. Eng yaxshisi, tarkibda borini saqlab qolishdir. Bo‘lajak transferlar davrida ko‘p xaridlar amalga oshirilmaydi”, - deydi braziliyalik futbolchining agenti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luka Toni aynan Jezusni “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduga munosib tandem bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!