Jilberto Silva: "Arsenal" Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olishi kerak"
Mashhur sobiq "Arsenal" futbolchisi Jilberto Silva londonliklar "Real Madrid" Rodrigo nomzodini qayta ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblaydi.
"Rodrigo nafaqat chap qanotda, balki hujumdagi boshqa pozitsiyalarda ham o‘ynay oladi. Nima uchun "Arsenal" uni yana sotib olishni o‘ylamasligi kerak?
Agar u "Real Madrid"dagi holatidan norozi bo‘lsa, "Arsenal" uni o‘ziga jalb qilishga urinishlari kerak. Ehtimol, bir necha yil oldin "Arsenal" tarkibiga darhol moslasha oladigan o‘yinchini topish osonroq bo‘lgandir", - deya Silvaning so‘zlarini keltiradi "Arsenal News Channel".
Yozda "kanonirlar" Rodrigo uchun asosiy da’vogarlar qatorida ko‘rilgan edi, ammo u Madridda qolishga qaror qildi. Braziliyalik vinger hali ham "qirollik klubi"ning asosiy tarkibiga kira olmadi.



Fikrlar