Jiru: Benzema bilan birga o‘ynaganimda kareram yaxshiroq bo‘lardi
"Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru bir necha yillardan buyon terma jamoaga chaqirilmayotgan "Real" forvardi Karim Benzema haqida gapirib o‘tdi.
“Men Karimdan xafa emasman. Ehtimol, u terma jamoada o‘ynaganida mening kareram yaxshiroq bo‘lar edi, chunki ikkalamiz ham oldinda o‘ynaymiz. Ammo biz buni hech qachon bila olmaymiz”, - dedi Jiru.
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2015 yildan buyon Benzemani terma jamoaga chaqirmayapti.
Fikrlar