
Jiru Frantsiyaga qaytishi mumkinligini inkor etmadi
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru o‘zining Frantsiyaga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
“Men Frantsiyaga qaytishim mumkin. Lekin, hozircha menga bu borada qo‘ng‘iroqlar bo‘lmadi. Men Angliyada baxtliman”, - deydi Jiru.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jiruga “Lion”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani va yozda u aynan mana shu jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar