Jiru yana APLga qaytishi mumkin. Faqat...

  • 26 fevral, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru “Milan”ni tark etib, o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Olive hozircha “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani yo‘q. The Sun nashrining xabar berishicha, 36 yoshli frantsiyalik forvardning xizmatlariga bir qancha klublar qiziqish bildirishi mumkin. Bular “Vest Xem”, “Fulxem”, “Kristal Pelas” va “Brentford”. Ushbu jamoalarni gigantlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi, ammo Jiruning yoshi endi “Arsenal” yoki hech bo‘lmaganda “Tottenxem” kabi klublarda o‘ynashga imkon bermaydi.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum A Seriyada 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!