Jo Koul: "Liverpul" o‘yinida muvozanat etishmayapti"
Londonning "Chelsi" klubi sobiq yarim himoyachisi Jo Koul Angliya Premer-ligasida "Liverpul" ko‘rsatayotgan omadsiz natijalar haqida fikr bildirdi.
Mersisaydliklar ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
"Jamoa hozir og‘ir pallada. Yozda ular yaxshi futbolchilarni olib kelishdi, lekin o‘yinda hali ham muvozanat yo‘q. Chempionlik mavsumida esa barcha chiziqlar orasida a’lo darajadagi uyg‘unlik bor edi. Jamoa yaqin turlarda o‘sha tekshirilgan o‘yin uslubiga qaytishi lozim", – dedi Jo Koul.
Ma’lumot o‘rnida, kecha "Liverpul" safarda "Brentford"ga 2:3 hisobi bilan mag‘lub bo‘ldi. Arne Slot shogirdlari to‘qqizta uchrashuvdan so‘ng 15 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar