Jokich: Barcha diqqat-e’tiborni Superligada yaxshi ishtirok etishga qaratamiz

CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan AGMK va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar yarim himoyachisi Yovan Jokich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Afsuski guruhdan chiqolmadik. Bu futbol. Kelasi yili yana OChL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Endilikda bizni chempionat kutmoqda va barcha diqqat-e’tiborni Superligada yaxshi ishtirok etishga qaratamiz", -dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, AGMK "A" guruhida 7 ochko to‘plagan holda so‘nggi 4-o‘rinni egalladi. "Istiqlol" va "Al-Hilol" pley-off yo‘llanmasini hal qilgan bo‘lsa, Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" ham 3-o‘rin bilan guruhda qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!