
Jon Jons Aleks Pereyra bilan jang qiladimi?
Og‘ir vaznda UFC chempioni Jon Jons yarim og‘ir vazndagi kamar sohibi Aleks Pereyra bilan ehtimoliy jang haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun kurashish juda zo‘r edi, lekin men o‘z xohishim bilan bunga rozilik bermayman. Men yarim og‘ir vazn toifasidagi kamardan voz kechdim. Pereyra bilan BMF chempionligi uchun kurashishni istagan bo‘lardim", - dedi Jons "Sportsnet" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tammiz, Jon Jons (27-1-1 N/C) navbatdagi jangini 17 noyabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida, "UFC 309" turnirida Stipe Miochich(20-4)ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar