
Jon Jons: "Men aynan shu ikki yigit bilan jang qilishni xohlayman"
Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Jon Jons jang qilishni xohlaydigan ikki MMA ustasi haqida gapirdi.
"Hech qanday kamar uchun emas, shunchaki, ikki yigit - Jamal Xill, Derrik Lyuis bilan kurashishni istayman. Chunki menga ularning jang uslubi yoqadi", - dedi Jons.
Eslatib o‘tamiz, Jon Jons (27-1-1 N/C) va Stipe Miochich (20-4) o‘rtasidagi jang 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar