Jon Terri APL klubini boshqarishi mumkin

  • 04.08.2020 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" klubi rahbariyati iste’foga chiqqan bosh murabbiy Eddi Xau o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Bornmut” ayni damda 3 nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bular Kris Xyuton, Li Jonson va Jon Terri.

"Chelsi"ning sobiq sardori ayni damda "Aston Villa" klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. Xyuton va Jonson hozirda ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!