Jonni Fisher Joshuani Dyubua bilan jang oldidan ogohlantiradi

  • 4 iyul, 2024, 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Daniel Dyubua (21-2, 20 KO) bilan sparing tushgan Jonni Fisher (11-0, 10 KO) sentyabr oyida IBF chempionlik kamari uchun kechadigan jangi oldidan Entoni Joshuani (28-3, 25 KO) ogohlantirdi.

Tecno

"Menimcha, bu jang nokaut bilan yakunlanadi. Dyubua ringga yuqoriga tayyorgarlikda chiqib, Joshuani engadi. Chunki u tajovuzkor bokschi. Men Daniel bilan ko‘p marta sparring qilganman. U men jang qilgan eng kuchli zarbaga ega bokschi. To‘g‘ri, Joshua tajribali jangchi, bu uning foydasiga o‘ynashi ham mumkin. Ammo, agar Dyubua uning jag‘iga birgina aniq zarba bera olsa, jang erta yakunlanadi”, –  dedi tez orada Alen Babichga (12-1, 11 KO) qarshi ringga chiqadigan Jonni Fisher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!