Jordi Alba "Barselona" safidagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 26.05.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi chap qanot himoyachisi Jordi Alba kecha "Valensiya"na (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi final bahsida ishtirok etdi.

E’tiborlisi, bu 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidagi yubiley 300-o‘yin bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Alba “Barselona” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar bilan birga jami 15ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!