Jordi Alba "Barselona"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi
"Barselona" klubi himoyachisi Jordi Alba umumiy guruh bilan birga mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ipaniyalik futbolchi oktyabr boshidan beri endi umumiy guruh bilan shug‘ullanishni boshladi. U "Real"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berishi mumkin. Shu bois, u "Barselona"ning "Real"ga qarshi qaydnomasidan o‘rin oldi.
"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi "el-klasiko" 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar