
Joriy hafta UEFA sha’feligida bo‘lib o‘tadigan barcha o‘yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Avval xabar berganimizdek kecha UEFAning sobiq prezidenti Lennart Yuxansson 89 yoshida vafot etdi.
UEFA esa tashkilotning sobiq prezidentini xotirasini sharaflashga qaror qildi. Unga ko‘ra joriy haftada UEFA sha’feligida o‘tkaziladigan barcha o‘yinlar Yuxansson xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugundan boshlab Millatlar ligasi final bosqichi start oladi, 7 iyundan esa Evro-2020 saralash bahslari boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Lennart Yuxansson 1990-2007 yillarda UEFAga rahbarlik qilgan. U tashkilot tarixida eng uzoq prezidentlik qilgan shaxs hisoblanadi.
Fikrlar