
Jorj Sen-Per "UFC 300" turniri markaziy jangida kim favorit ekanligini aytdi
MMA afsonasi, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Cent-Per (26-2) Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan “UFC 300” yubiley turnirining markaziy jangi ishtirokchilari Aleks Pereyra(9-2) va Jamol Xill(12-1) o‘rtasidagi bo‘lajak jangning favoriti haqida so‘z yuritdi.
“Pereyra kikboksingda ko‘proq tajribaga ega va agar jang “stoyka”da kechsa, unda Aleks favorit. Ammo, kurash va “klinch” ko‘p bo‘lsa, Jamolning ustunligi bor. U jangda nima qilishga qaror qilganini bilmaymiz, ammo “stoyka”da kikboksing bo‘yicha chempion bilan jang qilish yomon qaror”, dedi,- kanadalik FOX Sports nashriga.
Fikrlar