Jorjina Ronaldu bilan qanday tanishganini aytib berdi

  • 24.03.2023 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Jorjina Rodriges portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan tanishish tarixi bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Ronaldu narsa sotib olishga kelganida u ishlagan kiyim do‘konida tanishgan. Qiz bir qarashda futbolchini sevib qolgan, lekin ular birinchi marta deyarli gaplashishmadi.

“Biz deyarli gaplashmadik, men mijozga xizmat qilayotgandim. Men ketayotganimda esa Krishtianu kirib keldi”, - dedi Jorjina.

Keyinchalik ular moda tadbirida uchrashishdi va gaplashishni boshlashdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Jorjinaning munosabatlari 2016 yildan buyon davom etib kelmoqda. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!