
Josh Teylor IBF jahon chempionlik kamarini vakant qoldirdi. Shohjahon Ergashevga navbat kelmoqda
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) sobiq mutlaq jahon chempioni shotlandiyalik Josh Teylor (19-0, 13KO) majburiy himoyadan bosh tortib, IBF kamarini ham bo‘sh qoldirdi. Tashkilot vakant kamar uchun reytingda birinchi o‘rinda turgan argentinalik Ieremie Ponse (30-0, 20KO) va ikkinchi o‘rindagi Puerto Riko vakili Sabriel Matias (18-1, 18KO) jangiga buyruq berdi. Ushbu to‘qnashuv 15 oktyabr kuni Deontey Uaylder va Robert Helenius jangi oqshomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, IBF yangi chempionga majburiy da’vogar bo‘lish uchun saralash janglarini ko‘rib chiqadi. Reytingga e’tibor beradigan bo‘lsak, hamyurtmiz Shohjahon Ergashev 4-o‘rinda qayd etilgan va u ham eliminatorga buyurilish imkoniyati yuqori hisoblanadi.
Fikrlar