Jota va uning ukasini dafn marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 05.07.2025 17:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul"ning vafot etgan futbolchisi Diogu Jotaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi, shuningdek, uning Portugaliya ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" safida to‘p surgan ukasi Andre Teysheyra da Silva Ispaniyada YTHda vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, Jotaning avtomobili shinasi yorilib, yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan.

Bugun futbolchilarning dafn marosimi o‘z ona shahri Gondomar shahrida bo‘lib o‘tdi. Xotira marosimi bir soatcha davom etdi.

Dafn marosimida futbolchilarning oila a’zolari, do‘stlari, jamoadoshlari va murabbiylari ishtirok etdi.

Dafn marosimidagi futbolchilardan Virjil van Deyk, Endryu Robertson, Jordan Xenderson, Fabino, Tiago Alkantara, Ruy Patrisiu, Bernardu Silva, Bruno Fernandesh, Joau Feliks, Joze Fonte, Renatu Veyga, Rikardo va Andre Orta va boshqalar bor edi. Joau Kanselu va Ruben Nevesh klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol" "Fluminense"ga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng darhol AQShdan uchib kelishdi. Jotaning ukasi to‘p surgan Portugaliyaning ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" futbolchilari to‘liq tarkibda etib kelishdi.

Dafn marosimida murabbiylar va funktsionerlardan Arne Slot, Fernandu Santush, Nunu Eshpiritu Santu, Roberto Martines, Andre Villash-Boash bor edi.

Van Deyk xotirlash marosimida Jotaga atalgan 20-raqamli gulchambarni, Robertson esa Silva uchun 30-raqamli gulchambarni olib bordi.

 Jotaning tobutini ko‘targanlardan birib uning yaqin do‘sti Ruben Nevesh bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!