Jotaning dafn marosimiga kelmagan Ronaldu hammani shokka tushirdi

  • 6 iyul, 00:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “Liverpul” hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi – “Penafiela” o‘yinchisi Andre Silvaning dafn marosimi ko‘p futbol yulduzlarini jamladi.

Tecno

Biroq Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bu tadbirga kelgani yo‘q. Bu holat mamlakatda juda 40 yoshli futbolchiga nisbatan noroziliklarni keltirib chiqardi.

Daily Mail nashrining yozishicha, portugaliyaliklar Krishtianu Ronaldu har qanday sharoitda ham terma jamoa sardori sifatida Diogu Jotani so‘nggi manzilga kuzatish marosimiga etib kelishiga ishongan. Biroq amalda bunday bo‘lmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, dafn marosimi bo‘layotgan vaqtda Ronaldu o‘zining Azimut Grande nomli qimmatbaho yaxtasida hordiq chiqarayotgan edi.

- Ronaldu Portugaliya terma jamoasi sardori. Ko‘pchilik uning kelishini kutgandi, - dedi portugaliyalik jurnalist Antoniu Ribeyru Krishtovan.

Avtohalokatda qurbon bo‘lgan aka-uka futbolchilarning dafn marosimiga Bernardu Silva, Virjil van Deyk, Xenderson, Diogu Dalot, Fabino kabi ko‘plab o‘yinchilar keldi. Joau Kanselu va Ruben Diash marosimga to‘g‘ri AQShdan etib keldi.

A Bola nashrining ma’lum qilishicha, Krishtianu Ronaldu jurnalistlar tufayli dafn marosimida ishtirok etmaslikka qaror qilgan. Mashhur yulduz dafn marosimiga kelsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarining bu tadbirga e’tibori kuchayib ketishini inobatga olib shu yo‘lni tutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!