
Joze Mourino: Agar Klopp 3-marta EChL finalida yutqazsa, bu judayam og‘ir bo‘ladi
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino agar "Liverpul" EChL finalida imkoniyatni boy bersa, mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppga oson bo‘lmasligini aytdi.
Ta’kidlash kerakki, bu germaniyalik mutaxssis qo‘l ostidagi “Liverpul”ning 3-finli bo‘ladi. Ungacha mersisaydliklar bir marta Evropa ligasida (2017) va bir marta Chempionlar ligasi (2018) finalida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi. Bundan tashqari u 2013 yilda “Borussiya” Dortmund bilan ham Chempionlar ligasi finalida imkoniyatni boy bergan edi.
“Agar Yurgen finalda yutsa, bu uning uchun ajoyib natija bo‘ladi. Agar yutqazsa...Chempionlar ligasi finalida 3 marta mag‘lub bo‘lish bu judayam og‘ir bo‘ladi”, - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” EChL finalida 1 iyun kuni “Tottenxem”ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar