"Juda talantli futbolchining "Barsa"dagi davri jarohatlar bilan eslanadigan bo‘lmoqda" - Davron Fayziev
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Telegram"dagi o‘z kanalida Usmon Dembele va"Barselona" atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Dembele va "Barselona" o‘rtasidagi munosabatlar yakuniga etishga yaqin. Usmon ketmoqchi. "Barsa" qarshi emas. Juda talantli futbolchining kataloniyaliklar safidagi davri jarohatlar bilan eslanadigan bo‘lmoqda. U hech o‘zining cho‘qqisiga chiqa olmadi.
Dembelening shartnomasi yozda tugaydi. "Barsa" unga yangi taklif bilan chiqqan. Lekin maosh futbolchini qoniqtirmagan. Endi klubning maqsadi qishki transferda sotishga ulgurish. Yaqin vaqt ichida yangiliklar bo‘lib qolishi mumkin.
Ushbu mavsumda frantsuz 11 o‘yinda maydonga tushib, bir gol va ikkita assist muallifiga aylandi. O‘z vaqtida Dembele uchun "Barselona" Borussiya Dortmundga 135 million evro to‘lagandi".
Fikrlar