
K-2 Liga. Aliboevning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)
Janubiy Koreya K-2 ligasining 23-turidan o‘rin olgan "Tedjon Sitizen" va "Asan" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golga hamyurtimiz Ikrom Aliboev mualliflik qildi. O‘yinning 17-daqiqasida Kim Syon Subning uzatmasidan so‘ng Aliboev darvozani ishg‘ol etdi. Bu legionerimizning yangi jamoasidagi ilk goli hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, "Tedjon Sitizen" 23-turdan so‘ng 37 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar