K Liga. Ashurmatovning jamoasi mag‘lub bo‘ldi, Iskanderovnikida esa durang

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 2-tur o‘yinlari davom yakunlandi. Hozirgina tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" o‘z maydonida Rustam Ashurmatovning "Gvangyu" jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ashurmatov maydonda 90 daqiqa davomida harakat qilgan bo‘lsa, Aliboev qaydnomaga kiritilmadi.

Jamshid Iskanderov to‘p tepadigan "Seongnam" esa "Inchxon Yunayted"ga qarshi bahs olib bordi. Iskanderov 90 daqiqa o‘ynagan ushbu bellashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. 3 ochkosi bor "Seul" esa 6-pog‘onadan joy olgan. Ortda qolgan 2 tur davomida g‘alaba tugul, gol ham kirita olmagan "Gvangyu" esa turnir jadvalining so‘nggi o‘rinida bormoqda.

K Liga. 2-tur

"Seul" - "Gvangyu" 1:0

"Seongnam" - "Inchxon Yunayted" 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!