K Liga. Ashurmatovning jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gvangju" jamoasi safarda "Suvon Blyuings"ga qarshi bahs olib bordi va 92-daqiqada kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

Ashurmatov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘zining faol harakatlari bilan jamoasining mavsumdagi ilk g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shu tariqa, "Gvangju" hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

K Liga. 5-tur

"Suvon Blyuings" - "Gvangju" 0:1

Gol: Felipe (90+2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!