K Liga. Ashurmatovning jamoasi mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi (video)
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 4-tur o‘yinlari yakunlandi. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gangvon" jamoasi bu tur safarda "Suvon Blyuvingz" klubi mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ashurmatov odatdagidek bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida faol harakat qildi.
Qayd etish joiz, mazkur durangdan so‘ng "Gangvon" hisobidagi ochkolar soni 1 taga etdi va jamoa turnir jadvalida so‘nggi, 1-o‘rinni egallab turibdi.
K Liga. 4-tur
"Suvon Blyuvingz" - "Gangvon" 1:1.

Fikrlar