K Liga. Ashurmatovning yangi jamoasidagi debyuti omadsiz chiqdi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilyapti. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gangvon" jamoasi safarda OChLning amaldagi g‘olibi "Ulsan Xyonde" klubiga qarshi bahs olib bordi va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ashurmatov debyut uchrashuvida 90 daqiqa to‘p tepdi. Jamoaning kelgusi o‘yini 6 mart kuni "Poxang Stilerz"klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar