K Liga. Iskanderovning jamoasi irodali g‘alabaga erishdi

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 27-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi o‘z maydonida "Busan"ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Iskanderov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa faol harakat qildi. Mehmonlar tarkibida Dostonbek Tursunov bellashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi.

Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 28 taga etdi va jamoa ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar (7-12-o‘rinlar) orasida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

K Liga. 27-tur (7-12-o‘rinlar)

"Seongnam" - "Busan" 2:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!