
K Liga. Iskanderovning jamoasidan omad yuz o‘girdi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 6-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi bu tur safarda "Ulsan" klubi mehmoni bo‘ldi va 88-daqiqada Junior Negao tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Iskanderov odatgadiek o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi. Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 8 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar