Asosiy mazmunga oʻtish

"Kadillak" "Ferrari"ning zahira poygachisi bilan shartnoma imzoladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Xitoylik pilot Formula-1'dagi debutini 2021 yilda "Alpin" safida o‘tkazgan

Yangi mavsumda dunyoning eng nufuzli poyga seriyasi Formula-1'da debut qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Amerikaning "Kadillak" jamoasi zahira poygachisi nomini e’lon qildi. U xitoylik Guanyu Chjou bo‘ldi.

Guanyu Chjou hozirda 26 yoshda. Xitoylik pilot Formula-1'dagi debutini 2021 yilda "Alpin" safida o‘tkazgan, shundan so‘ng u "Alfa Romeo"ga (keyinchalik nomi "Kik-Zauber") o‘tgan. 2025-yilgi mavsumda Chjou boshlang‘ich o‘rinni olmadi va "Ferrari"ning zahira poygachisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda "Kadillak"ning asosiy poygachilari jahon vitse-chempionlari - finlyandiyalik Valtteri Bottas va meksikalik Serxio Peres bo‘ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q