Kafolat bo‘lmasa, “Real”ga qaytmayman!

  • 10.03.2026 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatida “Komo” jamoasi tarkibida porlayotgan 21 yoshli argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas Madridning “Real” klubiga qaytish masalasida ikkilanmokda.

Bu haqida Italiyaning Tuttosport gazetasi xabar qildi.

Avvalroq, “Real” o‘yini ochilib ketgan  uz tarbiyalanuvchisini joriy mavsum tugagach, qayta sotib olish huquqini ishga solgan holda jamoaga olib kelishni rejalashtirayotgani haqida bir necha bor xabar berilgan edi. Biroq manbaga ko‘ra, Pas faqatgina o‘yin amaliyoti bo‘yicha kafolat olgan taqdirdagina “Qirollik klubi”ga qaytish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini ta’kidlayapti.

Yosh futbolchi Madriddga borgan taqdirda jamoada muhim rol o‘ynashni istamoqda. Shu vaziyatdan Milaning “Inter” klubi foydalanishi mumkin, chunki milanliklar Pasga muntazam o‘yin amaliyoti taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!