Kafu: "Rodrigo "Real"ning asosiy futbolchilaridan biri"
"Real Madrid" afsonalaridan biri Kafu Rodrigoni jamoadagi muhim shaxs deb atadi.
- Men Vinisiusda jiddiy muammolarni ko‘rmayapman. U charchagan, bu esa normal holat. Futbolchilarning faoliyatida ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘lishi tabiiy. Asosiysi uning qanday salohiyatga ega ekanligini aniq tushunishdir, shunda u ham "Real", ham Braziliya terma jamoasida yaxshi o‘ynaydi.
Men uchun Rodrigo klubning motoridir. Sababi, u o‘zini ko‘rsata olsa, Jud Bellingem, Federiko Valverde, Killian Mbappe va Vinisiusda ham hammasi joyida bo‘ladi.
Agar Rodrigo o‘z formasida bo‘lmasa, o‘yin samarali bo‘lmaydi. Rodrigo — "Real" uchun kalit figuralardan biri, - dedi Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu.
Ma’lumot uchun, braziliyalik vinger ushbu mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida umumiy 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar